BELGIYANING LUVAYN KATOLIK UNIVERSITETIDA MALAKA OSHIRILDI

20.08.2024

Andijon davlat chet tillari instituti Roman-german va slavyan tillari fakulteti Fransuz tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri Munosibxon Ishanjanova «Wallonie Bruxelles International» tashkiloti tomonidan tashkil qilingan tanlov granti sohibasi sifatida joriy yilning 29-iyulidan 16-avgustiga qadar Belgiya davlatining xalqaro reytingda TOP-200taligida turuvchi nufuzli UCLouvain universitetida «Fransuz tilini chet tili sifatida o’qitish didaktikasi» stajirovka kursida malaka oshirdi.

Mazkur malaka oshirish kursida turli davlatlardan tashrif buyurgan o’qituvchilar fransuz tilini chet tili sifatida o’qitish davomida xalqaro DELF va DALF testlariga tayyorlash, ijodkorlik yondashuvlari hamda raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish bo’yicha o’zaro tajriba almashdilar.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

one × 4 =