“BIZ KORRUPSIYAGA QARSHIMIZ” NOMLI MEGATANLOV E’LON QILINDI

11.07.2019

Adliya vazirligi “Biz korrupsiyaga qarshimiz” nomli megatanlovni e’lon qildi, deb xabar bermoqda “huquqiy axborot” kanali.

Tanlovni tashkil qilishdan asosiy maqsad aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish yo‘llarini topishdir.

Tanlov quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha o‘tkaziladi:

  • “Eng yaxshi jurnalistik material uchun”;
  • “Eng yaxshi blogpost uchun”;
  • “Eng yaxshi yumoristik asar (karikatura, hajviya va hokazo) uchun”;
  • “Eng yaxshi videorolik ssenariysi uchun”;
  • “Eng yaxshi flayer, buklet, banner, plakat uchun”.

Tanlovning har bir nominatsiyasi bo‘yicha 1, 2 va 3-o‘rin g‘oliblari quyidagi qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi:

1-o‘ringa – Samsung Galaxy S10;

2-o‘ringa – noutbuk;

3-o‘ringa – televizor.

Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan har bir nomzod o‘z ijodiy materiallarini nominatsiya nomini ko‘rsatgan holda tanlov Ishchi organiga pasport nusxasi va rezyumesi bilan birgalikda topshiradi.

Tanlovga materiallar 10 avgustga qadar qabul qilinadi.

Tanlov natijalari Mustaqillik bayrami arafasida e’lon qilinadi.

Tanlov uchun materiallarni Toshkent shahri, Sayilgoh ko‘chasi, 5-uy manziliga yoki x.klichev@adliya.uz  elektron pochta manziliga yuborish lozim.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

twelve − 3 =