BIZNES-JURNALISTLAR UCHUN KOLUMBIYA UNIVERSITETI STIPENDIYASI

30.11.2021

Kolumbiya universiteti Oliy jurnalistika maktabi iqtisodiyot va biznes jurnalistika sohasi bo‘yicha Knight-Bagehot stipendiya dasturida ishtirok etish uchun arizalar qabul qiladi.

Kimlar ishtirok eta oladi — kamida 4 yil ish tajribasiga ega, biznes va iqtisodiyot mavzularida yozadigan jurnalistlar.

Stipendiya maqsadi – jurnalistlarga biznes, iqtisodiyot va moliya yo‘nalishlarini yaxshiroq o‘zlashtirishiga yordam berish.

Stipendiatlar ushbu imkoniyatlardan birini tanlashi mumkin:

  • akademik yo‘nalish va iqtisodiyot va biznes-jurnalistika sohasida sertifikat;
  • jurnalistika sohasida magistr darajasi.

O‘qish muddati — avgustdan may oyigacha, 2022-2023 o‘quv yili.

Stipendiya quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • bepul o‘qish;
  • yashash harajatlari uchun stipendiya;
  • universitet hududida yashash imkoniyati.

Talab etiladigan til — ingliz tili.

Ariza topshirish muddati — 31 yanvar 2022 yil. Dastur haqida batafsil quyidagi havolada: https://journalism.columbia.edu/kb#Application_Guidelines

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

четыре × 1 =