BMT TARAQQIYOT DASTURI JURNALIST VA BLOGERLAR UCHUN TANLOV E’LON QILADI

24.08.2020

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi va O’zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi barcha jurnalistlarni «Yashil qurilish – barqaror iqtisodiy rivojlanish garovi» mavzusidagi mualliflik materiallari tanlovida qatnashishga taklif etadi. Eng yaxshi uch nafar maqola mualliflari diplomlar va qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlanadilar.

Tanlov tashkilotchilari, ommaviy axborot vositalari va jamoat e’tiborini energiya tejaydigan uy-joylarning ahamiyati, shuningdek, loyiha faoliyatini yoritishga qiziqishni uyg’otishga hamda aholining atrof-muhitga bo’lgan e’tibori va energiya tejamkorlik haqida xabardorlik darajasini oshirishga qaratilgan.Ochiq tarzdagi tanlov «yashil» qurilish mavzusiga yangicha nazar solishga imkon beradi. Ushbu tanlov iste’dodli va ekologik muammolarga befarq bo’lmagan qalam sohiblari uchun o’ziga xos «tramplin» sifatida xizmat qilibgina qolmay, nafaqat tanlov doirasida, balki ushbu yo’nalishni o’rganish va yoritishga ilhomlantirishlari mumkin.

Tanlovda qatnashish shartlari oson bo’lib: turli xil formatdagi 2020-yilning 1-yanvarIdan 25-sentyabrIga qadar bosma yoki onlayn tarzda nashr qilingan quyidagi materiallar qabul qilinad:

–      Maqolalar;

–      Video;

–      Radio- yoki telereportajlar;

–      Interv’yular;

–      Izohlar;

–      Insho va boshqalar.

Tanlovda qatnashish uchun materiallarning mualliflari nashrlarining tasdig’i sifatida (gazeta/jurnal sahifasi nusxasi, internet-manbaning havolasi va skrinshoti, televideniya/radioda materialning chiqarilgan sanasi va vaqti ko’rsatilgan ma’lumotnoma) taqdim etishlari lozim. Audio/video materiallar fayl uzatuvchiga joylashtirishlari kerak bo’lib, unga bo’lgan yo’llanmani ro’yhatdan so’ng olishlari mumkin.

Materiallar o’zbek, qoraqalpoq, rus va ingliz tillarida topshirilishi mumkin. Ishtirok etish uchun elektron arizani to’ldirish va tanlov materiallari bilan birga 2020-yilning 1-oktyabrga qadar contest.uz@undp.org pochta manziliga jo’natish lozim.

Vakolatli hay’at a’zolari tanlov natijalarini 2020-yil 15-oktyabrda e’lon qiladi va g’oliblar 2020-yil 22-oktyabrda mukofotlanadilar.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

11 − 7 =