BOLALARGA CHET TILINI O’QITISHNING 5 USULI

26.03.2021

Bolalarga ikkinchi tilni o’rganish va ularga til o’rganish uchun qulayliklar yaratish bizning ularga beradigan eng katta tuhfalarimizdan biridir. Hozirgi kunda bir nechta tilni bilish nafaqat ishda, balki ijtimoiy, aqliy va madaniy jihatdan ham ko’p eshiklarni ochadi. Yoshlikdan til o’rganish bolalarni o’z tengqurlari orasida ajralib turishiga imkon beradi va shu bilan birgalikda, ulardagi ijodkorlikni,  tanqidiy fikrlashni va muammolarni hal qila olish imkoniyatini taqdim etadi.

Ammo … bu jarayonni kichkintoylar uchun qanday qilib yoqimli va sodda qilishimiz mumkin? Quyida bolalarga ko’ngilochar usullar yordamida til o’rganishga yordam beradigan 5 usul haqida so’zlaymiz:

1. O’rganilishi maqsad qilingan tilda musiqa tinglash

Chet tilini o’rganish davomida o’rganilayotgan tilda musiqa tinglash o’sha tildagi talaffuzni yaxshilaydi va shu bilan birgalikda, ulardagi yaratuvchanlikni, o’ziga bo’lgan ishonchni orttiradi va xotirani mustahkamlaydi. Bolalarga ikkinchi tilni o’rgatish uchun bunday qo’shiqlarni Songs online for kids  saytidan topishingiz mumkin. Bu yerda ularga til o’rganishga yordam beradigan asosiy narsa — ular eshitayotgan qo’shiqlarini ekranda qiziqarli va rangli taglavhalar orqali o’qib, yodlashlari ham mumkinligidir. Bundan tashqari, Facebookdagi LAE Kids  sahifasida bolalarga bilim olishlari uchun yordam beradigan ko’plab musiqiy videolar joylashtirib boriladi.

2. O’rganilayotgan til ona tilisi bo’lgan va o’sha tilda gaplashadigan enagani yollang.

Ko’pgina yoshlar, odatda talabalar, chet elga sayohat qilib, boshqa mamlakat madaniyatini, ikkinchi tilni o’rganish  uchun yoki qo’shimcha pul topish uchun boshqa mamlakatlarda  ishlashadi va bu ularga til o’rganish uchun qulay va juda yaxshi muhitdir. O’zingizning ona tilingizda gaplashmaydigan yosh, kuchga to’la va quvnoq odamni enaga sifatida yollash bu — sizning bolalaringizni istirohat bog’iga borayotganda, o’yin o’ynayotganda, maktabdan qaytib kelayotganda yoki enaga bilan ovqat pishirayotganda til o’rganish uchun ajoyib imkoniyatdir.

3. Multfilm tomosha qilish

Chet  tilini o’rganish uchun multfilmlarni tomosha qilish juda samarali usuldir. Hatto, bolalarga chet tilini o’rganishda yordam berish uchun mo’ljallangan ba’zi multfilmlar ham mavjud. Ushbu turdagi shoularda bolalarni televizor oldida shunchaki o’tkazib qo’yish o’rniga, multfilmlar orqali bolani suhbat jarayoniga olib kirish tavsiya etiladi. Ushbu g’oya  interaktiv o’quv multfilmlarida uchraydi va bu bolalarning tinglash va talaffuz qilish ko’nikmalarini yaxshilashga yordam beradi. Siz bunday televizion ko’rsatuvlarni Netflix saytidan topishingiz mumkin.  Unda bolalar uchun ko’plab teledasturlar mavjud va bu sizga taglavhalar qo’shish va tillarni almashtirish imkoniyatini beradi.

4. Bolalar uchun mo’ljallangan dasturlar

Hozirda kichik yoshdagi bolalar ham iPadni kattalardan ko’ra ko’proq mahorat bilan ishlata oladi. Xo’sh, nima uchun uni ta’lim maqsadlarida ishlatmaslik kerak? Qurilmaga til ko’nikmalarini oshirishga yordam beradigan dasturni yuklab oling. Quyidagi havola orqali siz farzandingizga til o’rganishi uchun yordam beradigan ko’plab dasturlarni topishingiz mumkin: language app

5. Sinfxonalarda o’yinli darslardan foydalanib, til o’rganishni va ularning tilga bo’lgan qiziqishlarini qo’llab-quvvatlash

Til maktablari nihoyatda samarali ekanligining ham o’z sabablari bor: agar bolangiz ikkinchi tilni o’rganishini xohlasangiz, ularni o’yin orqali til o’rgatiladigan darslarga jalb qiling. Shunda farzandingiz yana shu yerga qaytib kelishni va darsni intiqlik bilan kutadi, bundan kelib chiqadiki, ular ham til o’rganishga xohish bildira boshlashadi. Bunday usulda bolalarga til o’rgatish ko’p yillar davomida sinalgan va juda samarali usul hisoblanadi.

Malika Cho’lliyeva tayyorladi
Xalqaro jurnalistika fakulteti talabas
i

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

seventeen + 9 =