BUXORODAGI OLIY VA PROFESSIONAL TAʼLIM MUASSASALARI FAOLIYATI BILAN YAQINDAN TANISHILDI

31.05.2024

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari Shohrux Daliyev Buxoro davlat universiteti, Buxoro davlat pedagogika instituti va Buxoro neft va gaz sanoati kolleji faoliyati bilan tanishdi.

Dastlab Buxoro davlat universitetining mavjud infratuzilma obyektlari, bugungi kunga qadar erishilgan yutuqlar, muassasa hududida faoliyati yoʻlga qoʻyilgan tijorat tashkilotlari, talabalarga turli xizmatlar koʻrsatish markazi faoliyati, tadbir va marosimlar oʻtkaziladigan yigʻingoh, sport zallari, Talabalar turar joyi, «Biznes akselerator» hamda uning tarkibidagi Robototexnika markazi bilan yaqindan tanishib oʻz fikr-mulohazalarini bildirdi. 

Buxoro davlat pedagogika institutiga tashrifi chogʻida Sh. Daliyevga «Besh tashabbus» doirasida olib borilayotgan tadbirlar, iqtidorli talabalarning faoliyati xususida maʼlumotlar berildi. Talabalarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi. 

Soʻng Buxoro neft va gaz sanoati kollejida boʻlib, muassasada  maxsus oʻquv-amaliyot xonalari va binosi hamda sunʼiy intellekt markazida amalga oshirilgan ishlarning  holati oʻrganildi.

Vazirning birinchi oʻrinbosari mazkur taʼlim muassasalarida 2024/2025 oʻquv yillariga qabul jarayonlarini tashkil etish masalasiga alohida toʻxtalib, qabulning yangi tizimini abituriyentlar, ularning ota-onalari va umuman keng jamoatchilikka yetkazish boʻyicha tashviqot ishlarini kuchaytirish bo’yicha topshiriq berdi.

https://gov.uz/edu/

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

four × three =