BUYUK BRITANIYADA MAGISTRATURADA TAHSIL OLISH UCHUN STIPENDIYALAR DASTURI

26.10.2019

Buyuk Britaniya hukumatining “Chevening” stipendiya dasturiga arizalar qabul qilinmoqda.

Mazkur stipendiya liderlik salohiyatiga hamda kuchli akademik tayyorlovga ega bo‘lgan mutaxassislar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, u Buyuk Britaniyaning istalgan universitetida tanlangan yo‘nalish bo‘yicha magistrlik dasturida bepul tahsil olish imkonini beradi.

Stipendiya doirasida tanlangan universitetda o‘qish, aviachipta, viza olish xarajatlari qoplanadi, hamda har oy Buyuk Britaniyada yashash xarajatlari uchun stipendiya to‘lanadi.

Ariza topshirishning so‘nggi muddati: 2019 yil 5 noyabr.

Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:

  • O‘zbekiston fuqarosi bo‘lishi;
  • Bakalavr diplomi;
  • kamida ikki yillik ish tajribasiga ega bo‘lish;
  • o‘qishni tugatgandan keyin O‘zbekistonga qaytib kamida ikki yil ishlash;
  • Buyuk Britaniyaning istalgan universitetiga ixtiyoriy yo‘nalishda uchta magistrlik dasturiga mustaqil ravishda hujjat topshirish va kamida bitta dasturga 2020 yil 16 iyulgacha to‘liq qabul qilinish (Unconditional offer);
  • ingliz tilini mukammal darajada bilish, tilning bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikatni (kamida IELTS 6.5 yoki TOEFL iBT 79) 2020 yil 16 iyulgacha taqdim etish.

Dastur haqida batafsil ma’lumot: https://www.chevening.org/scholarship/uzbekistan/

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

three + nineteen =