C.A.T. SCIENCE ACCELERATOR FOR CENTRAL ASIA 2020 — ILMIY LOYIHALAR AKSELERATORIDA ISHTIROK ETING!

21.01.2020

Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilg‘or texnologiyalar markazida C.A.T. Science Accelerator — O‘zbekiston va Markaziy Osiyodagi ilmiy loyihalar va ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirishga qaratilgan ilk akseleratorga ikkinchi bor qabul jarayoni boshlandi.

Akseleratorning birinchi qabuli 2019-yilda o‘tkazilgan bo‘lib, uning natijalariga ko‘ra, 3 ta startap-loyiha Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan tashkil etilgan tanlov doirasida umumiy qiymati 200 ming dollar qiymatidagi investitsiyalarni qo‘lga kiritdi.

C.A.T. Science Acceleratorning ikkinchi qabuli nafaqat O‘zbekiston, balki Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlari loyihalari uchun ochiqdir. Qozog‘iston, Qirg‘iziston yoki Tojikistonda ishlab, o‘z ilmiy startapi bilan O‘zbekiston bozoriga kirib kelmoqchi bo‘lgan startapchilar mazkur akseleratorda ishtirok etarkanlar, ularga hamkorlar bilan aloqalar o‘rnatish va bozorni o‘rganish uchun yaxshi imkoniyat tug‘iladi .

Akseleratsiyaning onlayn-platformasi orqali ham ishtirok etish imkoniyati mavjud bo‘lib, ishtirokchilardan faqat saralash bosqichida (fevral) va demo-kuni (2020-yil iyun oyi) bevosita ishtirok etish talab etiladi. Yo‘lkira harajatlari tashkilotchilar tomonidan qoplanmaydi.

C.A.T. Science Accelerator for Central Asia ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirishga hamda olimlarning biznes vakillari bilan aloqa o‘rnatishlarga ko‘maklashadi. Akseleratorda ishtirok etish bepul!

Akselerator doirasida Ilg‘or texnologiyalar markazining laboratoriya va reaktivlari, ekspert va mentorlarning ko‘magi taqdim etiladi. Mahalliy hamda xorijiy (AQSh, Buyuk Britaniya, Finlyandiya) mentorlar ishtirokida seminar va treninglar tashkil etiladi. MVP (loyihaning minimal ishchi ko‘rinishi) ni ishga tushirishda yordam ham ko‘zda tutilgan.

Ilmiy loyihalar Akseleratorining dasturi 5 oyga mo‘ljallangan bo‘lib, bu vaqt davomida konsalting ko‘magi beriladi, o‘z sohangizdagi tashkilotlar bilan aloqa o‘rnatishda yordam ko‘rsatiladi.

Ilmiy g‘oyangiz bormi? Ilmiy startapni yo‘lga qo‘ymoqchimisiz? Akseleratorimizda ishtirok eting! Biz olimlar, marketologlar, yuristlar, iqtisodchilarni bitta jamoaga birlashtiramiz, siz esa ular bilan birgalikda bir loyiha ustida ishlaysiz!

Akseleratsiya dasturida ishtirok etish uchun arizalar joriy yilning 17-yanvaridan 15-fevraligacha qabul qilinadi.

21-fevralgacha finalchilar saralab olinadi va Akselerator ekspert kengashi uchun ularning taqdimoti o‘tkaziladi. Dastur 2020-yilning 27-fevralidan o‘z ishini boshlaydi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

5 + 15 =