CHET TILLARIDAN MILLIY VA XALQARO SERTIFIKATGA EGA ABITURIYENTLARGA TEST SINOVLARIDA YANGI IMTIYOZLAR BERILDI

14.05.2019 39

O‘zR Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 13 maydagi “Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishda milliy hamda xalqaro baholash tizimlari sertifikatlarini tatbiq etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 395-sonli qarori bilan 2019–2020 o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish sinovlarida bir qator imtiyozlar belgilandi.

Jumladan, test sinovlari (kasbiy (ijodiy) imtihon) majmuasiga chet tili (ingliz, nemis, fransuz, ispan, turk, arab, fors, dari, hind, urdu, xitoy, koreys, uyg‘ur, italyan, yapon tillari) birinchi (asosiy) fan sifatida kiritilgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga hujjat topshirgan va Davlat test markazi tomonidan beriladigan chet tilini bilish darajasi to‘g‘risidagi sertifikat yoki xalqaro sertifikatning quyidagi darajalariga ega bo‘lgan abituriyentlarga ushbu fandan imtihonlarsiz belgilangan maksimal ball beriladi:

  • ingliz tili uchun – milliy sertifikat yoki IELTS 5,5, TOEFL IBT 72, Cambridge Assessment English FCE xalqaro tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;
  • yapon tili uchun –  milliy sertifikat yoki Japanese Language Proficiency Test (JLPT № 2) xalqaro tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;
  • nemis tili uchun – milliy sertifikat yoki Goethe-Zertifikat, Deutsches Sprachdiplom (DSD), Test Deutsch als Fremdsprache (Test DAF) xalqaro tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;
  • fransuz tili uchun – milliy sertifikat yoki Diplôme d’Etudes en Langue Française (DELF), Test de Connaissance du Français (TCF) xalqaro tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;
  • boshqa tillar uchun – milliy sertifikat yoki xalqaro tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori.
     

Hukumat qaroriga ko‘ra, test sinovlari (kasbiy (ijodiy) imtihon) chet tili birinchi (asosiy) bo‘lmagan fan sifatida kiritilgan boshqa bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga (Toshkent davlat yuridik universiteti bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bundan mustasno) hujjat topshirgan va milliy yoki xalqaro sertifikatning quyidagi darajalariga ega bo‘lgan abituriyentlarga ushbu fandan imtihonlarsiz belgilangan maksimal ball beriladi:

  • ingliz tili uchun – milliy sertifikat yoki IELTS 4,5, TOEFL IBT 42, Cambridge Assessment English PET xalqaro tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B1 va undan yuqori; 
  • yapon tili uchun –  milliy sertifikat yoki Japanese Language Proficiency Test (JLPT № 3) xalqaro tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B1 va undan yuqori;
  •  nemis tili uchun – milliy sertifikat yoki Goethe-Zertifikat, Deutsches Sprachdiplom (DSD) xalqaro tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B1 va undan yuqori;
  • fransuz tili uchun – milliy sertifikat yoki Diplôme d’Etudes en Langue Française (DELF), Test de Connaissance du Français (TCF) xalqaro tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B1 va undan yuqori;
  • boshqa tillar uchun – milliy sertifikat yoki xalqaro tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B1 va undan yuqori.

Toshkent davlat yuridik universitetining bakalavriat yo‘nalishiga hujjat topshirgan va milliy yoki xalqaro sertifikatning quyidagi darajalariga ega bo‘lgan abituriyentlarga ushbu fandan imtihonlarsiz belgilangan maksimal ball beriladi:

  • ingliz tili uchun – milliy sertifikat yoki IELTS 5,5 (bunda writing modulidan 5,5  ball), TOEFL IBT 72, Cambridge Assessment English FCE va CAE xalqaro tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;
  • yapon tili uchun –  milliy sertifikat yoki Japanese Language Proficiency Test (JLPT № 2) xalqaro tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;
  • nemis tili uchun – milliy sertifikat yoki Goethe-Zertifikat, Deutsches Sprachdiplom (DSD II) xalqaro tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;
  • fransuz tili uchun – milliy sertifikat yoki Diplome d’Etudes en Langue Française (DELF), Test de Connaissance du Français (TCF4) xalqaro tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;
  • boshqa tillar uchun – milliy sertifikat yoki xalqaro tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori.

Shuningdek, universitetning magistratura mutaxassisliklariga hujjat topshirgan va milliy yoki xalqaro sertifikatning tegishli darajalariga ega bo‘lgan abituriyentlarga chet tili fanidan imtihonlarsiz belgilangan maksimal ball beriladi.  

2019 yilga qadar DTM tomonidan berilgan milliy sertifikatning imtiyozi uning amal qilish muddati davrida saqlanib qolinadi.

Hozircha fikr bildirilmagan

Fikr bildiring

Hozircha fikr bildirilmagan!

Maqola haqida fikringizni bildiring.

Ma'lumotlaringiz ishonchli qo'llarda!Email manzilingiz va shaxsiy ma'lumotlaringiz hech kimga ko'rsatilmaydi.