“CHINA CAMPUS NETWORK” ASOSCHISI O’zDJTUDA

08.05.2019

Joriy yilning 7-may kuni Xitoy Xalq Respublikasining “China Campus Network” nodavlat ta’lim agentligi asoschisi Chjou Yang boshchiligidagi delegatsiya O’zbekiston davlat jahon tillari universitetiga tashrif buyurdi. Tashrif doirasida mehmonlar O’zDJTUda tashkil qilingan Vebster universiteti faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, agentlik mutaxassislari O’zbekiston Davlat Jahon tillari universiteti huzuridagi Chet tillarni o’qitishning innovatsion metodikalarini rivojlantirish Respublika ilmiy – amaliy markazi direktori Ulug’bek Azizov bilan uchrashib, markaz faoliyati, amalga oshirilayotgan ishlar haqida suhbatlashdilar.

Tashrifdan ko’zlangan maqsad ta’lim sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish hamda hamkorlikda xalqaro loyihalarni amalga oshirish bo’lib, tomonlar suhbat davomida mazkur masalada muhokamalar olib bordilar.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

one + 15 =