DAVLAT TILIGA OID KITOBLAR TAQDIMOTI BO’LIB O’TDI

15.01.2024

Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi Buxoro viloyati hududiy bo‘linmasida Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti tashabbusi bilan O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan chop ettirilgan “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” (6 jildlik), “O‘zbek tilining katta imlo lug‘ati”, “O‘zbek tilining o‘quv imlo lug‘ati”, “O‘zbek tili sinonimlarining katta izohli lug‘ati”, “O‘zbek tili frazeologik lug‘ati”, “O‘zbek xalq so‘zlari”, “Axborot texnologiyalari atamalarining izohli lug‘ati”, “O‘zbekiston joy nomlari”, “O‘zbek tilining shakllanish va rivojlanish tarixi”, “Kimyo atamalarining izohli lug‘ati” singari adabiyotlar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.