DEZINFORMATSIYAGA QARSHI KURASH BO‘YICHA MEDIA LOYIHALARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH BO‘YICHA ONLAYN SEMINAR

11.02.2021

Markaziy Osiyodagi Innovation for Change fukarolik jamiyati tashkilotlari va OAV vakillariga COVID-19 davrida dezinformatsiyaga qarshi kurash bo‘yicha kushma maxsus loyihalar yaratish uchun moliyaviy ko‘mak olish va onlayn-seminarda ishtirok etish imkoniyatini taqdim etadi.

Seminar kunlari — 16-18-fevral, 2021-yil

Muhim jihatlar va shartlar:

  • seminar davomida o‘z ariza loyihalaringiz ustida ishlash va yakuniga yetkazish imkoni mavjud;
  • tanlov Afg‘oniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Mongoliya, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston uchun;
  • loyihalar turli mamlakatlardan yig‘ilgan guruhlar tomonidan birgalikda yoki mustaqil amalga oshirilishi mumkin;
  • loyihalarni aholining zaif va ijtimoiy uzilib qolgan qatlami ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltirish;
  • shuningdek, stigmatizatsiya, tajovuzkorlik va dezinformatsiyaning oldini olishga qaratish.

Ro‘yxadan o‘tish muddati — 12-fevral, 2021-yil.

Ro‘yxatdan o‘tish quyidagi havolada:

https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSc2rtaLicZ8Drm7jFOJ74j4pRVOkKYMuhOJWNWJYpqvcByEXQ/viewform?usp=sf_link

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

2 × three =