«DIGITAL KONGRESS 20.20» RAQAMLASHTIRISH DAVRDA TA’LIM

05.10.2020

2020 yil ta’lim sohasida katta o’zgarishlar yili bo’ldi. Butun dunyoda pandemiya sababli maktablar va universitetlar bir necha hafta yoki hatto bir necha oyga yopilishga majbur bo’ldi. Professor o’qituvchilar oldida yangi vazifa paydo bo’ldi: ular ushbu holatga tezkor munosabat bildirishlari va ta’limni onlayn formatga o’tkazish orqali o’quv jarayonini saqlab qolishlari kerak bo’ldi. Natijada bir tomondan ushbu qiyin sharoitlar orqali ta’lim jarayonini raqamlashtirish tomon juda muhim qadam tashlandi. O’qituvchilar katta fidoyilik bilan yangi ko’nikmalarga ega bo’lishdi. Boshqa tomondan esa, o’qituvchilar bu jarayonga etarli darajada tayyor emasliklarini va o’z o’quvchilari singari mutlaqo boshqacha malaka va ko’nikmalarga ega bo’lishlari kerakligini his qildilar. Barcha professor-o’qituvchilar uchun bugubgi kunda odatiy holga kelgan yangi o’quv formatinini o’zlashtirish zarurati tug’ildi.

Pandemiya sabab butun dunyo bo’ylab o’qitish va o’qitishni «yashin tezligida raqamlashtirish» jarayoni boshlanganidan olti oy o’tgach, Gyote-Institutida aynan shu masalaga bag’ishlangan “Digital Kongress 20.20” o’tkazilmoqda.

Sizga xalqaro ekspertlar bilan fikr almashish va mavjud vaziyatni baholash, shuningdek sizning ehtiyojlaringizga javob beradigan raqamli ko’nikmalarga ega bo’lish imkoniyatini taqdim etmoqchimiz. Birgalikda biz ta’lim jarayonini raqamlastirish masalalariga bag’ishlangan savollarga javob olamiz, hamda, o’qituvchi sifatida Siz bu jarayonda horijiy tillarni o’qitish masalalariga doir amaliy uslublar bilan tanishish imkoniga ega bo’lasiz.

Digital Kongress 20.20 Sharqiy Evropa va Markaziy Osiyodagi nemis tili o’qituvchilari uchun mo’ljallangan. Ishtirok etish bepul. Arizalarni qabul qilish muddati 8.10.2020 yil.

Batafsil ma’lumot va ro’yxatdan o’tish uchun havola.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

15 + 11 =