DIQQAT, BUGUN ABITURIYENTLARNI RO‘YXATDAN O‘TISHINING SO‘NGGI KUNI

25.06.2024

Bugun (25-iyun kuni) OLIY TA’LIM MUASSASALARI hamda KOLLEJ VA TEXNIKUMLARga kirish test sinovlarida ishtirok etish uchun abituriyentlarni ro‘yxatga olish yakunlanadi.

Abituriyentlar bugun (25-iyun) 23:59 ga qadar my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari va ertaga (26-iyun) 23:59 ga qadar to‘lovni amalga oshirishlari mumkin.

Ro‘yxatdan o‘tishda fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini (alohida iqtidor talab qiladigan yo‘nalishlarda ta’lim yo‘nalishi va imtihon topshiriladigan oliy ta’lim muassasasini ham) tanlanadi.

* OTM bakalavr yo‘nalishlari uchun fanlar majmuasi;
* Kollej va texnikumlar kasb (mutaxassislik)lari uchun fanlar majmuasi;
* Ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma;
* To‘lovni amalga oshirish bo‘yicha videoqo‘llanma.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

6 + 7 =