DIQQAT! ESSELAR TANLOVI: BOSH MUKOFOT 900 AQSH DOLLARI

01.05.2019

O’zbekistonning Tokiodagi elchixonasi Yaponiyaning “The Goi Peace” jamg’armasi esselar tanlovi o’tkazayotganini ma’lum qilmoqda. Yaponiyaning ta’lim, madaniyat, sport, ilm-fan va texnologiyalar vazirligi hamda YUNESKO hamkorligida tashkil qilingan mazkur esselar tanlovi “Creating a Society Full of Kindness”  mavzusida bo’lib o’tadi.

Esselarni onlayn topshirishning so’nggi muddati – 2019-yil 15-iyun bo’lib, ishlar quyidagi manzilga yuborilishi lozim: International Essay Contest c/o The Goi Peace Foundation 1-4-5 Hirakawacho, Chiyoda-ku, Tokyo 102-0093 Japan yoki www.goipeace.or.jp va essay@goipeace.or.jp elektron manzillari orqali qabul qilinadi.

Bosh mukofot – 100 ming iyen (900 AQSh dollari atrofida) bo’lib, g’olib 2019-yilning 31-oktyabr kuni Yaponiyada bo’lib o’tadigan taqdirlash marosimiga ham taklif etiladi.

Tanlov haqidagi batafsil ma’lumotni quyidagi havola orqali olishingiz mumkin: https://www.goipeace.or.jp/en/work/essay-contest/

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

8 + 8 =