DIQQAT, MAGISTRATURAGA QABUL BOSHLANDI!

02.07.2020 804

2020-yil 1-iyuldan Respublika oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga qabul qilish uchun hujjatlarni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoni boshlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-iyundagi PQ-4749-son qaroriga muvofiq 2020/2021-o‘quv yili uchun davlat OTMlarining magistratura mutaxassisliklariga o‘qishga kirish uchun hujjatlarni topshirish jarayoni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy veb-sayti orqali amalga oshiriladi. 

Veb-sayt: http://magistr.edu.uz 

Eslatma: Magistraturaga qabul Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan koronavirus pandemiyasi sharoitidan kelib chiqib, on-layn test o‘tkazish orqali O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan belgilangan davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida qabul parametrlariga muvofiq amalga oshiriladi.

Magistraturaga kirish sinovlari tarkibiga (xususan, mutaxassislik fanlari bo‘yicha kirish sinovlari tarkibiga) tegishli mutaxassisliklar sohalarida talabgorlarni ilmiy-pedagogik layoqati (yoki ilm olish qobiliyati)ni aniqlash bo‘yicha test savollari ham kiritiladi.

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev huzurida 2020-yil 30-aprel kuni o‘tkazilgan yig‘ilishning 28-sonli bayoni 5-bandida belgilangan vazifalar.

2 Comments so far

Jump into a conversation
  1. SHAXRIYOR ESHBOYEV
    #1 SHAXRIYOR ESHBOYEV 5 Iyul, 2020, 09:10

    ko’pchilik joylarda sayt ishlamaydi. 2 kun lekin saytga telefonlarda ham kompyuterlarda ham saytga kirib bo’lmayabdi. iltimos saytni qayta ko’rib chiqinglar. masullar nimaga qarayabdi?

    Reply this comment
  2. Суръат
    #2 Суръат 14 Iyul, 2020, 11:57

    Бир пайти узида бир нечта олий укув юртларига магистиратура боскичига руйхатдан утса буладими

    Reply this comment

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.