“DIVALI MUBORAK!” BAYRAM DASTURI O’zDJTUDA BO’LIB O’TDI

02.11.2019

Bugun, 2-noyabr kuni O`zbekiston davlat jahon tillari universitetida Hindistonning Toshkentdagi Madaniyat markazi bilan hamkorlikda “O’zbekiston va Hindiston: bugun va kelajak” nomli tadbir bo`lib o`tdi.

Mazkur tadbirda Toshkentdagi Hindiston madaniyat markazi direktori Shekhar Chander, Deli universiteti vitse-prezidenti Kamal Kishor Goyanka, Deli universiteti professori, doktor Tekchandani va Markaziy Hind tili instituti direktori Nand Kishor Pandey hamda O’zDJTU rahbar-xodimlari, professor o’qituvchilar va talabalar ishtirok etdi.

Tadbir qatnashchilariga talabalar tomonidan tayyorlangan hindcha kuy-qo`shiqlar, she’rlar, sahna ko’rinishlari namoyish etildi. Shu jumladan, hindistonlik mehmonlarga o`zbek milliy raqslari – andijoncha, xorazmcha, surxoncha raqs dasturlari taqdim etildi. Viktorina tashkil etilib, unda hind tilini o’rganayotgan talabalar hind kinofilmlariga yozilgan soundtreklarni ijro etdi va zukko talabalar kinofilmlar nomlarini topib, qimmatli sovg’alarga ega bo’lishdi.

Tadbir davomida Hindiston madaniyat markazi direktori Dr. Shekhar 20 nomdagi hind va ingliz tilidagi kitoblar va o’quv adabiyotlarini berdi.

Ko`tarinki ruhda bo`lib o`tgan tadbir barchaga birdek manzur bo`ldi. Tadbir yakunlanganidan so`ng mehmonlar O`zDJTU mutasaddilari bilan hamkorlik masalalari bo`yicha muzokaralar olib borishdi hamda istiqboldagi rejalarni muhokama qilishdi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

5 × one =