“EL-YURT UMIDI” JAMG‘ARMASI 2021-2022-O‘QUV YILI UCHUN OCHIQ STIPENDIYA TANLOVLARINI E’LON QILADI

31.03.2021

“El-yurt umidi” jamg‘armasi O‘zbekiston uchun eng ustuvor sohalarda, mutaxassisliklar kesimida 350 o‘ringa mo‘ljallangan ochiq stipendiya tanlovlarini e’lon qiladi.

Jamg‘arma 2021-2022-o‘quv yili uchun eng nufuzli xorijiy davlatlarda:

bakalavriat ta’lim dasturi uchun 100 nafar,
magistratura ta’lim dasturi uchun 150 nafar,
doktorantura ta’lim dasturi uchun 100 nafar stipendiyalar ajratishini ma’lum qiladi.

Nomzodlarning hujjatlari 2021-yil 1-apreldan – 1-mayga qadar respublikaning barcha hududlari vakillari uchun yagona tartib va teng imkoniyat asosida elektron tarzda qabul qilinadi.

Saralash bosqichlari 2021-yil 1-maydan – 20-mayga qadar davom etadi.

Batafsil ma’lumot uchun: http://eyuf.uz/site/view?id=369

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

2 × three =