ENDILIKDA FINLANDIYALIK MUTAXASSIS SamDCHTIDA FAOLIYAT KO‘RSATADI

10.10.2019

Joriy yilning 9-oktabr kuni Samarqand davlat chet tillar institutiga finlandiyalik ingliz tili mutaxassisi Kalliomaki Merja Riitta tashrif buyurdi hamda institut rektori I.Tuxtasinov, xalqaro hamkorlik aloqalari bo‘limi boshlig‘i B.Berdialiyev hamda ingliz tili nazariy aspektlari kafedrasi mudiri L.Abdullayevalar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida institut rektori I.Tuxtasinov institutdagi ta’lim tizimi, o‘quv jarayonlari, institutda faoliyat ko‘rsatayotgan 21 nafar xorijlik mutaxassislar hamda xalqaro hamkorlik aloqalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan Kalliomaki Merja Riittani batafsil tanishtirib o‘tdi.

Uchrashuv so‘ngida finlandiyalik ingliz tili mutaxassisi Kalliomaki Merja Riitta institut rektori I.Tuxtasinovning tarjima asarlariga qiziqish bildirdi va kelgusida ilmiy tadqiqot ishlarida ham hamkorlikni yo‘lga qo‘yish borasida kelishib olindi.

Endilikda Kalliomaki Merja Riitta Samarqand davlat chet tillar institutida o‘z faoliyatini davom ettiradi.

Samarqand davlat chet tillar instituti
Samarqand davlat chet tillar instituti
Samarqand davlat chet tillar instituti
Samarqand davlat chet tillar instituti
Samarqand davlat chet tillar instituti

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

1 × two =