ENDILIKDA XORIJIY FUQAROLAR OTMLARGA SUHBAT ASOSIDA QABUL QILINADI

22.06.2019

Hukumat qarori bilan Xorijiy fuqarolarni Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish va oʻqitish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi, deb xabar bermoqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali.

Kiritilgan oʻzgartirishlarga muvofiq, xorijiy fuqarolar oliy taʼlim muassasalariga suhbat asosida qabul qilinishi belgilandi.

Ilgari faqat Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi mamlakatlaridan kelgan xorijiy fuqarolar oliy taʼlim muassasalariga suhbat natijasida qabul qilingan, boshqa davlat fuqarolari test topshirgan.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

ten + four =