“ENG YAXSHI DARSLIK” TANLOVIDA ISHTIROK ETING

26.07.2023

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi oliy ta’lim muassasalari pedagog xodimlari o‘rtasida ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar bo‘yicha “Eng yaxshi darslik” tanlovida ishtirok etishga taklif etadi.

Tanlov o‘tkaziladigan fanlar ro‘yxati ushbu havolada keltirilgan.

Tanlovning umumiy talablari va unda ishtirok etish bo‘yicha shartlar bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Tanlovda yuqorida keltirilgan fanlar bo‘yicha tayyorlangan darsliklar talab etilgan hujjatlar birgalikda yig‘ma jildli papkada joriy yilning 10-avgust kuniga qadar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markaziga taqdim etiladi.

Qoʻshimcha maʼlumot uchun: 71-207-03-43 (108).

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

6 − 4 =