ENG YAXSHI IJTIMOIY ROLIK UCHUN TANLOV E’LON QILINDI

23.09.2019

YUNESKOning O’zbekistondagi vakolatxonasi feyk axborotlarda ijtimoiy videoroliklar tayyorlash uchun tanlov e’lon qilmoqda.

Loyihaning maqsadi soxta yangiliklarning mavjudligi va xavf-xatarlari haqida auditoriya xabardorligini oshirish, odamlarga real voqeliklar va foydali ma’lumotlar orqali tahdidlarni bilish muhimligini ko’rsatishdir. Soxta yangiliklar allaqachon axborot oqimining bir qismiga aylandi va ularning aksariyati ijtimoiy haqiqatni anglashga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda. Tanlov Buyuk Britaniya hukumati tomonidan moliyalashtiriladigan «O’zbekiston ommaviy axborot vositalarining jamoatchilik manfaatlariga rioya etilishini ta’minlash salohiyatini kuchaytirish – II bosqich» loyihasi doirasida o’tkaziladi. Loyiha soxta yangiliklarning odamlarning ongi, munosabati va xatti-harakatlariga salbiy ta’sirini oldini olishga qaratilgan.

Tanlov shartlari:

* Arizalar yuridik shaxslardan qabul qilinadi;

* Nomzodlar ariza shaklini to’ldirishlari va elektron pochta orqali yuborishlari kerak: tashkent(at)unesco.com  

Ijtimoiy video quyidagi mezonlar asosida bo’lishi lozim:

* Davomiyligi 3-4 daqiqa;

* Videoni mahalliy televideniye va Internet auditoriyasiga yo’naltirish;

* Videoda hayotlarida soxta yangiliklar bilan bog’liq tajribaga ega bo’lgan odamlarning haqiqiy hikoyalari bo’lishi;

* Rolikda yangi media vositalari, formatlar va texnologiyalar qo’llanilishi;

* Video orqali odamlarning ongi, munosabati va xatti-harakatlariga soxta xabarlarning mohiyatini, belgilarini, ta’sir qilish vositalarini aniq tasavvur qilish;

* Rolikda soxta kontentni aniqlash uchun zarur bo’lgan aniq harakatlar algoritmi bo’lishi;

• Rolik o’zbek tilida bo’lishi (rus tilidagi subtitrlar bilan).

Arizalarni topshirish muddati: 2019-yil 7-oktabr.

Batafsil ma’lumot: http://bit.ly/2lU8RId

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

20 − seven =