ERASMUS+ DASTURI DOIRASIDA SEMINAR BOʻLIB OʻTMOQDA

11.01.2024

INMACOM -telekommunikatsiya mehnat bozori ehtiyojlarini qondirish uchun fotonika va optik aloqa boʻyicha innovatsion magistratura dasturi (ERASMUS-EDU-2022-CBHE-STRAND-2(101083224)” loyihasi rejasiga muvofiq 2024-yilning 8–12-yanvar kunlari Oʻzbekiston Milliy universitetida “Oʻzbekiston oʻqituvchilari uchun trening“ oʻquv seminari oʻtmoqda.

Treningda INMACOM konsorsiumi vakillari, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti,Oʻzbekiston Milliy universiteti, Samarqand davlat universiteti, TATU Urganch filiali mas’ullari ishtirok etmoqda.

Tadbir dasturiga muvofiq loyiha doirasida amalga oshirilgan ishlar boʻyicha har bir universitet vakillari hisoboti tinglanib, keyingi yillarda amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilinishi belgilangan.

Loyiha hamkorlarining oʻquv-seminari 12-yanvarga qadar davom etadi.