ESHITISHDA NUQSONI BO’LGAN BOLALARGA SIFATLI TA’LIM BERISH SOHASIDA O’ZBEKISTON VA BRITANIYA HAMKORLIK QILADI

11.06.2024

O’zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchisi Ravshan Usmanov eshitishda nuqsoni bo’lgan shaxslar va bolalar bilan ishlash bo’yicha mutaxassis, britaniyalik fotograf, yozuvchi, karlar jamiyati faoli Stiven Iliffe bilan uchrashuv o’tkazdi.

Britaniya vakili eshitishda nuqsoni bo’lgan shaxslar, shu jumladan bolalar bilan ishlash bo’yicha 25 yillik tajribasini inobatga olib, respublikaning tegishli idoralari bilan ushbu sohada hamkorlik qilish istagini bildirdi.

Muzokaralar natijasida, Stiven Iliffe bilan birgalikda O’zbekistonda eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarga sifatli ta’lim berish va uning metodologiyasini ishlab chiqish bo’yicha hamkorlik qilishga kelishib olindi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

2 × three =