FALASTIN DAVLATINING HAMDA MIRS ARAB RESPUBLIKASINING O‘ZBEKISTONDAGI FAVQULOTDA VA MUXTOR ELCHILARI O’zDJTUga TASHRIF BUYURISHDI

15.11.2021

2021 yil 15 noyabr kuni Falastin davlatining O‘zbekistondagi Favqulotda va Muxtor elchisi Moxammad Tarshaxani janoblari hamda Mirs Arab Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulotda va Muxtor elchisi Amira Fahmiy xonim O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetiga tashrif buyurdilar.

Mehmonlarni universitet rektori U.Azizov boshchiligidagi rahbariyat qarshi oldi. Universitet kampusi bo‘yilab qilingan tanishtiruvdan so‘ng, mehmonlar kutubxonada joylashgan majlislar zaliga muzokaralar uchun taklif qilindi.

Uchrashuvda tomonlar universitetda arab tili, adabiyoti va madaniyatini o‘qitishni takomillashtirish, arab davlatlari oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish hamda Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan 18 dekabr  “Xalqaro arab tili kuni” deb e’lon qilinganligi munosabati bilan o’tkazilishi rejalashtirilayotgan “Xalqaro  arab tili kuni” bayramini keng nishonlash yuzasidan fikr almashdilar.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

ten + 19 =