«FESTIVAL UCHUN AFISHA» TANLOVI G‘OLIBLARI E’LON QILINDI

28.02.2020

Avval xabar qilganimizdek, O‘zbekistondagi Fransiya elchixonasi “Festival uchun afisha” tanlovini e’lon qilgan edi. Kuni kecha Frankofoniyaning 50 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan «Festival uchun afisha» tanlovi g‘oliblari e’lon qilindi.

Tanlov ishtirokchilaridan O‘zbekiston yoshlar teatrida 2020-yil 11-13-mart kunlari bo‘lib o‘tadigan Frankofon teatr va ashula festivali uchun afisha yaratish so‘ralgan edi. Tanlovga jami  77 ta afisha qabul qilindi. Quvonarli jihati shundaki, O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti II bosqich talabasi ham mazkur tanlovda kuchli o’ntalikka kirdi. Quyida barcha g’oliblar bilan tanishishingiz mumkin.

Yekaterina Denisenko yaratgan afisha festivalning rasmiy afishasi qilib tanlandi.

1. Yekaterina Denisenko, Toshkent fransuz alyansi o‘quvchisi
2. Alijon Turabov, Toshkent stomatologiya instituti I bosqich talabasi
3. Komila G‘afurova, Toshkent shahar 17-son o‘rta maktab 6-sinf o‘quvchisi
4. Vazira Muhammadova, Buxoro shahar 39-son IDUM 7-sinf o‘quvchisi
5. Maftuna Karimova, O‘zbekiston milliy universiteti III bosqich talabasi
6. Alika Valiulina, Farg‘ona shahar «Terra Nova» nodavlat ta’lim muassasasi 3-sinf o‘quvchisi
7. Leyla Sobirova, O‘zbekiston milliy universiteti II bosqich talabasi
8. Marjona Adizova, G‘ijduvon tuman 1-son o‘rta maktab 9-sinf o‘quvchisi
9. Mohinur Mirziyodova, O‘zbekiston Davlat jahon tillari universiteti II bosqich talabasi
10. Zarina Ergashova, Bo‘stonliq tuman 19-son o‘rta maktab 11-sinf o‘quvchisi

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

3 × 4 =