FINLYANDIYA BILAN OLIY TA’LIM TIZIMIDA HAMKORLIK KENGAYMOQDA

24.02.2023

21-23-fevral kunlari Xalqaro Nordik universitetida “Finlyandiya ta’lim kechasi” o‘tkazildi.

Unda O‘zbekiston tomonidan tegishli vazirlik va idoralar, xalqaro tashkilotlar va diplomatik korpus vakillari hamda Finlyandiya Respublikasi Taraqqiyot bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish va tashqi savdo vaziri Ville Skinarri boshchiligida 50 ga yaqin biznes doiralar vakillaridan iborat delegatsiya mehmon bo‘ldi.

Tadbir doirasida muhim kelishuvlar amalga oshirilib, universitet qoshida “Fin tili va madaniyati markazi”ni tantanali ochish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining o‘rinbosari Shahlo Turdikulova ham ishtirok etdi.

Shuningdek, Finlyandiya Respublikasi Taraqqiyot bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish va tashqi savdo vaziri Villi Skinarri, Finlyandiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Ilkka Raysenyanga Xalqaro Nordik universitetining “Faxriy doktori” ilmiy unvoni topshirildi.

Aytish joizki, anjuman O‘zbekiston va Finlyandiya o‘rtasida ta’lim va biznes sohasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish, xalqaro grantlarda ishtirok etish, ilmiy tadqiqotlarni chuqurlashtirish kabi vazifalarga xizmat qiladi.  

Manba: edu.uz

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

one × one =