FLEDU.UZ 2018-YIL YAKUNLARIGA KOʻRA GʻOLIBLARNI TAQDIRLADI

27.02.2019

2019 yil 26 fevral kuni «Oʻzbekistonda xorijiy tillar» FLEDU.UZ ilmiy-metodik elektron jurnali va Internet portali turli nominatsiyalar boʻyicha eng yaxshi mualliflarni taqdirladi.

Quyida gʻoliblar bilan tanishishingiz mumkin:

  • Xorijiy tildagi eng yaxshi maqola – Xasan Shaymanovich Abdinazarov (Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti oʻqituvchisi);
  • Eng yaxshi yosh tadqiqotchi maqolasi – Parvina Omonova (OʻzDJTU magistranti), Viktoriya Dvoryashina (OʻzDJTU oʻqituvchisi);
  • Xorijiy tillarni oʻqitish metodikasi boʻyicha eng yaxshi maqola – Laylo Ahmedova (OʻzDJTU oʻqituvchisi);
  • Til nazariyasi boʻyicha eng yaxshi maqola – Elissa Kirillova Malyutina (), Olga Kukatova (OʻzMU);
  • Adabiyot va madaniyat yoʻnalishida eng yaxshi maqola – Dilnavoz Yusupova (Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti oʻqituvchisi),  Zarif Quvonov (Navoiy davlat pedagogika instituti);
  • Eng faol muallif – Fotima Moʻminova (Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti oʻqituvchisi);
  • Jurnalistika yoʻnalishidagi eng yaxshi maqola – Yoqutxon Muhamadjanovna Mamatova (OʻzMU oʻqituvchisi), Iroda Fuzailovna Ismailova (OʻzDJTU oʻqituvchisi)
  • “Terra incognita” ruknidagi eng qiziqarli maqola – Nasiba Adhamovna Haydarova (Andijon davlat universiteti oʻqituvchisi);
  • Xorijlik muallifning eng yaxshi maqolasi – Azamat Akbarov (Janubiy Koreya);
  • Oʻzbek tilidagi eng yaxshi tarjima – Nargis Sunnatovna Qosimova;
  • “Tahririyatimiz mehmonlari” ruknidagi eng yaxshi maqola – Galina Melnik (Sankt-Peterburg), Nazira Toshpoʻlatova (OʻzDJTU oʻqituvchisi);
  • Jurnal faoliyatida faol xizmatlari uchun – Doʻsmamat Sattorovich Qulmamatov.

Gʻoliblar sertifikat va vaucher (elektron jurnalda bir martalik bepul ilmiy maqola chiqarish uchun) bilan taqdirlandi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

five × three =