FLEDU.UZ VA O’zDJTU XORIJIY OAVLAR NIGOHIDA

15.05.2019

«Malayziyaning Sultan Idris pedagogika universiteti va O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti qoshidagi «O’zbekistonda xorijiy tillar» Internet portali va elektron jurnali Malay tilini onlayn o’qitish bo’yicha birinchi qo’shma loyiha ustida ish olib bormoqda» deb yozadi Malayziyaning Ta’lim portali.

Xorijiy OTM tarafidan loyiha koordinatori hisoblanmish Ahmad Tarmizi Shaari, bunday hamkorlik natijasida har ikki yurt yoshlari onlayn tarzda xorijiy tillarni o’rganish imkoni kengayishini ta’kidladi.

«Ushbu loyiha, ya’ni masofaviy ta’limga qaratilgan hamda FLEDU.UZ platformasida ishlaydigan «Malay tilini onlayn o’qitish» Qo’shma loyihasi nafaqat O’zbekiston, balki Markaziy Osiyo davlatlarining talaba yoshlari uchun samarali til o’rganish muhiti bo’lib xizmat qiladi. Masofaviy «Malay tili va madaniyati» kursini muvaffaqiyatli yakunlagan talabalar Malayziyaning nufuzli OTMlarida o’qishini davom ettirishlari mumkinligi, ushbu loyihaga yanada jozibadorlik bagi’ishlaydi», – dedi Ahmad Tarmizi.

Tomonlarning kelishuviga asosan, ushbu tizim Ommaviy ochiq kurslar – MOOC (Massive open online course)ni ham rivojlanishiga va uni keng ommaga tanishtirishga xizmat qiladi. Har bir ma’lumot (kontent) Sulton Idris Pedagogika Universitetining Elektron Sertifikatlash Qo’mitasi hamda hamkor OTMning Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan doimiy ravishda o’rganib boriladi.

Ahmad Tarmizi yana shuni xursandchilik bilan ta’kidladiki, Sulton Idris Pedagogika Universiteti O’zbekistondagi ikki oliy ta’lim muassasasi uchun malay tili bo’yicha mutaxassis taqdim etgan. Uzoq yillar davomida olib borilgan muzokaralar natijasi o’laroq, bugun O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti hamda Toshkent davlat sharqshunoslik institutida yuqori malakali malay tili, adabiyoti va madaniyati bo’yicha mutaxassislar faoliyat olib bormoqda. «Ushbu OTMlarda hamkorlikda UPSI Malay tili markazlari tantanali ochilib, foydalanishga topshirilgani, hamkorlik o’z mevasini berdi degani emasmi?» – dedi janob Tarmizi.

UPSI koordinatorning aytishicha, ushbu ta’lim muassasalarida asosiy til sifatida 5ta guruhda va ikkinchi til sifatida ikkitadan guruhda dars soatlari olib borilib, talabalar malay tilini katta qiziqish bilan o’rganmoqdalar.

“Sulton Idris Pedagogika Universiteti Malayziyaning pedagogika universitetlari orasida 1-o’rinda turishi, bizning mas’uliyatimizni yana oshiradi, chunki biz vazirliklar nigohidamiz. Yuqori tashkilotlarning maslahatida ish yuritamiz va O’zbekiston OTMlari bilan hamkorlikni yanada rivojlantirishdan manfaatdormiz” – deb fikrini davom ettirdi Ahmad Tarmizi Shaari.

«Biz, ushbu loyihaga qiziqqan barcha taraflarni malay tilini keng ommaga yetkazishda bizga yelkadosh bo’lishga va jahon hamjamiyatida munosib o’rinni egallashimizda ko’makdosh bo’lishga chaqiramiz», – deya so’zini yakunladi Ahmad Tarmizi.

Maqolaning malay tilidagi asliga ushbu havola orqali o’ting: https://tinyurl.com/y4h6qk3t

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

15 + 8 =