FRANKOFON TEATR FESTIVALIDA ISHTIROK ETING!

07.02.2024

Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda O‘zbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatri bilan hamkorlikda, 2024-yil 16-17-may kunlari Frankofon teatr festivalini tashkil etadi.

Festivalda fransuz tilini o‘rganayotgan maktab, kollej va litsey o‘quvchilari hamda talabalar, shuningdek, til markazlari o‘quvchilari ishtirok etishlari mumkin. Bunda hech qanday til bilish darajasi talab qilinmaydi.

Quyida festival qoidalari bilan tanishing va kerakli hujjatlarni 10-martga qadar jo‘nating.

Festival qoidalari – doc PDF

Qatnashish varaqasi – doc Word

Batafsil ma’lumot uchun havola.