FRANSIYA XALQARO HAMJIHATLIK VA TA’LIM ASSOTSIATSIYASI DELEGATSIYASI O‘ZBEKISTONGA TASHRIF BUYURDI

25.10.2019

Joriy yilning 14-oktabr kuni Fransiya xalqaro hamjihatlik va ta’lim assotsiatsiyasi prezidenti boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyurgan edi.
24-oktabr kuni O`zbekiston davlat jahon tillari universiteti Roman-german filologiyasi fakulteti Fransuz tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi katta o‘qituvchisi Sh.Tohirjonova va fakultet fransuz tili yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan tashkillashtirilgan Fransiya xalqaro hamjihatlik va ta’lim assotsiatsiyasi delegatsiyasi vakillari bilan uchrashuv tadbiriga tashrif buyurishdi.


Fransiya xalqaro hamjihatlik va ta’lim assotsiatsiyasi 2011-yilda tuzilgan bo‘lib, Verzon okrugining Pryoyi kommunasida joylashgan. U Osiyo mamlakatlarini o‘rganishga qiziqqan barcha fransuz yoshlariga ta’lim sayohati dasturlarini taqdim qiladi. Dasturga ko‘ra, delegatsiya vakillari 1-noyabrga qadar Toshkent, Farg‘ona, Samarqand va Buxoro viloyatlarida bo‘lib, har bir hudud yoshlari bilan muloqot qiladi. Sayohat davomida yoshlar yurtimiz aholisining yashash tarzi, madaniyati, tarixi, urf-odatlari bilan yaqindan tanishadilar va o‘zaro fikr-mulohaza hamda tajriba almashadilar. Assotsiatsiya o‘zbek va fransuz yoshlari o‘rtasida madaniyat, ta’lim, turizm va sport sohasidagi hamkorlikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlaydi. Mazkur tuzilma fransuz yoshlarini zamonaviy voqelikdan xabardor qilib, xorijiy davlatlarning turmush tarzi, ta’lim tizimi va boshqa sohalardagi yutuqlari bilan tanishtirib boradi.

O‘zbekistonda yoshlarning ko‘pligi va mamlakatning turizm salohiyatiga boy ekanligi ular uchun yangi bir yo‘nalish bo‘lmoqda. Ikki davlat yoshlari o‘rtasida yaratilayotgan bu kabi muloqot maydoni ular o‘rtasidagi mustahkam do‘stlik aloqalari uchun ko‘prik vazifasini o‘tabgina qolmay, o‘zaro tajriba almashinuviga xizmat ham qiladi. Tadbirda talabalar delegatsiya vakillari bilan o‘zaro fikr-mulohaza almashdilar va o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javob oldilar.

Manba: uzswlu.uz

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

one × three =