FRANSIYADAN TAKLIF ETILGAN MUTAHASSISLAR SEMINAR-TRENING TASHKIL ETISHADI

27.05.2022

Samarqand davlat chet tillar instituti xorijiy oliygohlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish borasida mintaqada yetakchi oliygoh bo‘lib kelmoqda desak, mubolag‘a emas. Negaki, bugungi kunga qadar institut 100 ga yaqin nufuzli xorijiy oliygohlar bilan xalqaro hamkorlik aloqalarini davom ettirib kelmoqda. Fransiya oliygohlari va ta’lim tashkilotlari ham shular jumlasidandir.

Qo’shimcha ma’lumot sifatida, Samarqand davlat chet tillar institutida filologiya va tillarni o‘qitish: fransuz tili ta’lim yo‘nalishi 1994 yilda tashkil etilgan. Yo‘nalishga kabul kvotasi 2019-2020 o‘quv yilida 100 taga, joriy yildan esa 200 taga oshirildi. Hozirgi vaqtda ushbu yo‘nalishda  bakalavriatda 423 nafar talaba, magistraturada esa 20 nafar magistrantlar tahsil olmoqda.

SamDCHTI Fransiya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi, Fransiyaning Quyi Normandiya Kan universiteti, Parij Akademiyasi, Serji Pontuaz Universiteti, O‘qituvchi va professorlar oliy maktabi hamda Sorbon universitetilari bilan fan, ta’lim, ilmiy tadqiqot sohalarida yaqin hamkorlik aloqalarini amalga oshirmoqda.

Shuningdek, 26-may kuni Samarqand davlat chet tillar institutiga Fransiyaning CY Cergy Paris Universitetidan 3 nafar fransuz tili mutaxassislari tashrif buyurdi. Tashrif davomida instituti rahbariyati vakillari bilan rasmiy uchrashuv tashkil etildi. Jarayon davomida tomonlar o’rtasida hamkorlik aloqalarini yanada yaxshilash, professor-o’qituvchilar hamda talabalarning tajribasini oshirish kabilar muhokama qilindi. Jumladan, CY Cergy Paris Universitetidan taklif etilgan fransuz tili mutaxassislari tomonidan institutning filologiya va tillarni o‘qitish: fransuz tili ta’lim yo‘nalishida tahsil oluvchi talabalarga ochiq seminar-treninglar tashkil etilishiga kelishildi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

20 − 17 =