FRANSUZ TILI O‘QITUVCHILARI UCHUN FRANSIYADA BEPUL MALAKA OSHIRISH IMKONIYATI YARATILDI

25.02.2020 429

Mamlakatimizda Fransiya Respublikasi bilan xalq ta’limi tizimida aloqalarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha samarali ishlar olib borilmoqda. Xususan, Xalq ta’limi vazirligi hamda Fransiya elchixonasi o‘rtasidagi kelishuvga binoan 2020-yilda fransuz tili fani o‘qituvchilari uchun tanlov asosida Fransiyada malaka oshirish imkoniyatini beruvchi grant dasturlari e’lon qilindi.

Shuningdek, Respublika ta’lim markazi maktablarda fransuz tili fanining nufuzini oshirish bo‘yicha Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi bilan yaqin hamkorlik qilmoqda. Ikki tomon hamkorligida “Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” doirasida qator ustuvor vazifalar belgilab olindi. Jumladan, o‘quv yili davomida respublikamizdagi fransuz tiliga ixtisoslashtirilgan maktablarning fransuz tili fani o‘qituvchilari maqsadli o‘quv-seminarlariga jalb etiladi. Shu bilan birga, o‘quv yili yakunida fransuz tili fani o‘qituvchilari uchun Samarqand shahrida “Yozgi ta’til” seminar-treninglarini tashkil etish ko‘zda tutilgan.

Ayni paytda Respublika ta’lim markaziga elchixona tomonidan taqdim etilgan Fransiyada chop etilgan darslik va qo‘llanmalarning uslubi, dizayni hamda yondashuvlari o‘rganilib, yangi avlod darsliklarini yaratishda foydalanilmoqda.

Joriy yildan ilk marotaba fransiyalik ekspertlarni fransuz tilini o‘qitish bo‘yicha yangi o‘quv materiallarini ishlab chiqarishga jalb etish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.

Manba: uzedu.uz

2 Comments so far

Jump into a conversation
  1. Durdona
    #1 Durdona 23 Avgust, 2020, 12:14

    I ‘am Durdona Qulmatova.I’am a french and english teacher.I live in Uzbekistan.I “am 30 .

    Reply this comment
  2. Durdona
    #2 Durdona 23 Avgust, 2020, 13:58

    I would like to go to France beacause I would like to speak with french teachers .They can teach and they speak very vell french .I’am learning french verh vell and I can verifier my pronountation.

    Reply this comment

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.