FULBRIGHT VISITING SCHOLAR PROGRAM DASTURI

22.10.2020

Fulbright Visiting Scholar Program dasturi universitet o’qituvchilari, tajribali mutaxassislari (kamida o’n yillik kasbiy tajribaga ega bo’lgan) va tadqiqotchilariga AQShda quyidagi yo’nalishlar bo’yicha 3 oydan 5 oygacha bo’lgan muddatdagi grantlar taqdim etadi:

-Ma’ruzalar: ish kuni doimiy ravishda jalb etilgan o’qituvchilar (o’qitish va konsultasiya)

Tadqiqot: aspirantura darajasida to’liq ish kuni bilan mashg’ul bo’lgan malakali izlanish olib borishi uchun (PostDoct.)

Ma’ruzalar/tadqiqotlar: universitet darajasida yuqori saviyali tadqiqot va ma’ruza darslari olib boradigan o’qituvchilar.

Fulbright Visiting Scholar anketasiga nomzodlar ushbu sabkategoriyalarga topshirishlari mumkin. Qo’shimcha anketa talab etilmaydi; shunga qaramasdan nomzodlar o’z qiziqishlarni taklif etilayotgan maqsad bayonida ko’rsatib o’tishlari mumkin.   

Grant berilayotganda ishtirokchilar kurs tavsifi va o’quv dasturini tadqiq qilishlari va rivojlantirishlari hamda taklif etilayotgan kurs uchun aniq o’qitish strategiyalarini belgilab olishlari lozim.

Nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi kerak:

• o’qituvchilar fakultetni rivojlantirish va murabbiylik qilish orqali oliy o’quv yurtlarida salohiyatni oshirish;

• O’zbekiston va AQSh olimlari o’rtasida uzoq muddatli hamkorlik va institusional aloqalarni rivojlantirish;

• Olimlar va keng jamoatchilik orqali ikki mamlakat o’zaro aloqalarini rivojlantirish.

Fulbrayt dasturida ishtirok etish uchun qo’yilgan talablar

– O’zbekiston Respublikasi pasportga ega bo’lgan O’zbekiston Respublikasi fuqarosi yoki doimiy rezidenti bo’lishi hamda butun ariza berish jarayonida mamlakat hududida istiqomat qilishi;

– Fan nomzodi yoki unga tenglashtirilgan daraja yoki tajribali mutaxassis bo’lishi;

– Hozirgi kunda oliy ta’lim muassasalari, tahliliy markazlar, tegishli davlat va nodavlat tashkilotlarda faoliyat yuritishi.

AQShda ish tajribasiga ega bo’lmagan nomzodlarga katta ustunlik beriladi.

Arizani quyidagi link orqali topshirish mumkin:

https://apply.iie.org/fvsp2021/

Topshirish muddati: 2020 yil 15 noyabr.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

20 − 17 =