GERMANIYANING HUMBOLDT UNIVERSITETIDA QATOR KELISHUVLARGA ERISHILDI

22.05.2024

Germaniya davlatida xizmat safarida boʻlib turgan Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov Humboldt universitetiga tashrif buyurib, ushbu universitet rahbariyati bilan uchrashdi va qator kelishuvlarni amalga oshirdi.

Uchrashuv avvalida, OʻzDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov universitet faoliyatiga oid videolavha bilan birgalikda universitet haqida batafsil maʼlumot berib oʻtdi. Shuningdek, xalqaro universitetlar bilan yoʻlga qoʻyilgan hamkorlik haqida soʻzlab oʻtdi.

Universitetlar haqida ma’lumot almashilgandan so’ng, ikki tomonlama foydali aloqalarni yo’lga qo’yish bo’yicha takliflar berildi. Muzokaralar natijasida ikki universitetning professor-o’qituvchilari, magistrantlari va talabalari tajriba almashish maqsadida amaliyot o’tashlari haqida kelishib olindi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

16 − eight =