GERMANIYANING MAYNS UNIVERSITETI BILAN HAMKORLIK ALOQALARI RIVOJLANMOQDA

31.01.2020

Joriy yilning 31-yanvar kuni O’zbekiston davlat jahon tillari universitetiga Germaniyaning Mayns universiteti vakili Kristina Ersh tashrif buyurdi.

Tashrif davomida Kristina Ersh O’zDJTU rektori G’anisher Raximov rahbarligidagi universitet vakillari bilan uchrashdi. Rasmiy uchrashuv davomida tomonlar nemis tili o‘qituvchilari uchun tashkil etilgan seminar natijalari; Hueber nashriyotidan kelgusida o‘quv adabiyotlari olish imkoniyatlari; Mayns universiteti bilan hamkorlik masalalari muhokama etildi.

Ma’lumot o’rnida, joriy yilning 28-yanvardan 30-yanvarga qadar Hueber nashriyoti vakillari bilan hamkorlikda O’zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Integrativ chet tili” seminar mashg‘ulotlari tashkil qilindi. Seminar O’zDJTU professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirokida Germaniyaning “Hueber” nashriyoti vakili Kristina Ersh xonim bilan hamkorlikda o’tkazildi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

five × 3 =