GERMANIYANING ZFA TASHKILOTI VAKILLARI O’zDJTU BILAN HAMKORLIK MASALALARINI MUHOKAMA QILDILAR

11.03.2020

Kuni kecha O’zbekiston davlat jahon tillari universitetiga Germaniyaning ZfA tashkiloti vakillari tashrif buyurdi.

Mehmonlar Barbara Damboldt (ZfA, Xorijdagi maktablar markaziy boshqarmasining O‘zbekistondagi koordinatori), Dilfuza Yusupova (boshqarma xodimi) O’zDJTU rektori G’.Raximov rahbarligidagi universitet vakillari bilan uchrashdilar.

Rasmiy uchrashuv davomida tomonlar O‘zDJTU qoshidagi akademik litseyda nemis tilini o‘qitish va nemis tili bo‘yicha testlarni o‘tkazish bo‘yicha litsenziya olish; akademik litseyda nemis tilini o‘qitish holati; nemis tili va mamlakatshunoslik bo‘yicha volontyorlarni jalb qilish; nemis tili bo‘yicha testlarni tashkil qilish yuzasidan muhokamalar olib borildi.

Ma’lumot o’rnida, ZfA chet eldagi nemis maktablari faoliyati hamda bu yerdagi nemis tili o’qitilishi ishlarini nazorat qiladi. Chet elda nemis tili o’qitiluvchi nemis maktablari ZfAdan individual va moliyaviy yordam oladi. ZfA ushbu maktablarning ishini qo’llab-quvvatlaydi, o’qituvchilarni muayyan dasturlar, maslahat uchun yuboradi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

20 − ten =