GETVICO24+ | NEMIS TILI OʻQITUVCHILARI UCHUN VIRTUAL ANJUMAN

23.09.2022

GETVICO24+ – nemis tili oʻqituvchilari uchun virtual anjuman boʻlib, unda 24 soat ichida dunyo boʻylab sayohat qilishingiz mumkin. 

Joriy yil GETVICO24+ anjumani 2022 yil 19 oktyabrdan – 20 oktyabrgacha markaziy yevropa yoz vaqti boʻyicha (MESZ) bo’lib o’tadi. Hozirdan boshlab Siz anjumanda qatnashish uchun bepul ro’yxatdan o’tishingiz mumkin.

Ro’yxatdan o’tish haqida batafsil ma’lumotni quyida topishingiz mumkin.

RO’YXATDAN O’TING

Zoom Events platformasida GETVICO24+ dasturiga ro‘yxatdan o‘tish orqali Siz 19-oktabr kuni tadbir boshlangunga qadar dasturimizning qiziqarli mavzulariga tegishli ma’lumotlarni muntazam ravishda olasiz. 

«O’qituvchilardan – o’qituvchilarga» shiori ostida: butun dunyodagi tadqiqotchi va amaliyotchi DaF (nemis tili chet tili sifatida) -mutaxassislari  o’z darslar va loyihalaridan olingan tajribalari bilan o’rtoqlashadilar.

Joriy yili, uchrashuvlar va dasturdagi boshqa tadbirlarga qo’shimcha ravishda biz ma’ruzalarning ikki xil formatini taklif qilamiz:

  • Sizga oldingi yillardan tanish bo’lgan format: 30 daqiqalik taqdimotlar, shu jumladan savollar va javoblar;
  • Jami 45 daqiqalik Breakout-xonalarida mavzu bo’yicha ma’ruzalar va undan keyingi muhokamalar.

Anjuman uchun Zoom Events dasturidan foydalaniladi. Bu ro’yxatdan o’tishni talab qiladi, lekin siz bepul Accountni tanlashingiz mumkin. Iltimos, dasturiy ta’minotni kompyuteringizda ishlatishingiz mumkinligini, sizda veb-kamera va mikrofon (naushnik tavsiya etiladi) va barqaror internet aloqasi mavjudligiga ishonch hosil qiling.

Roʻyxatdan oʻtishni boshlash uchun ushbu havolaga oʻting.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

тринадцать − 3 =