«GLOBAL PEACE SUMMIT» DUNYONING TURLI BURCHAKLARIDAN KELGAN ISHTIROKCHILARNI BIRLASHTIRDI

10.01.2025

2024-yilning dekabr oyida Nyu-York shahrida bo‘lib o‘tgan Global Peace Summit dunyoning turli burchaklaridan kelgan ishtirokchilarni insoniyat oldida turgan dolzarb masalalarni muhokama qilish uchun birlashtirdi.

Sammit davomida ayollarning siyosatdagi o‘rni, global iqlim o‘zgarishi va sun’iy intellektning xalqaro jarayonlarga ta’siri kabi mavzular ko‘tarildi.

Tadbirning asosiy qismi sifatida Birlashgan Millatlar Tashkilotining bosh qarorgohiga tashrif uyushtirildi. Ishtirokchilar tinchlik va barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan xalqaro mexanizmlarning ishlash jarayoni bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Ushbu muhim voqeada O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2-bosqich tayanch doktoranti Muzaffarova Farangiz ham ishtirok etdi va global muammolarni hal qilishga qaratilgan muloqotning bir qismi bo‘ldi.

Sammit barcha uchun barqaror va uyg‘un kelajakni qurishga xizmat qiluvchi g‘oyalar almashinuvi va yechimlar ishlab chiqish uchun muhim maydon bo‘ldi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

eight − six =