GRANT LEACH KANADANING WATERLOO UNIVERSITETINING MAGISTRATURA VA DOKTORANTURA DASTURLARI BO’YICHA TAQDIMOT O’TKAZDI

09.10.2019

Bugun, 9-oktabr kuni, Vaterloo Universitetining Renison Kolleji Marketing va rekrutment bo’yicha menejeri – Grant LEACH janoblari O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabalari va o’qituvchilari uchun magistrlik hamda doktorlik (PhD) dasturlari haqida taqdimot o’tkazdi.

G. Leach dastavval Vaterloo Universiteti haqida qisqacha ma’lumot berdi, shundan so’ng magistratura va doktorlik dasturlari, qolaversa, Vaterloo universitetida tashkil etiladigan Yozgi dasturlar va o’qituvchilar uchun Malakasini oshirish dasturlari to’g’risida batafsil ma’lumot berdi.

Uchrasuv davomida, O’zbekiston davlat jahon tillari universitetining o’qituvchilari Rayhona G’ulomova va Behruza Tashevalar yig’ilganlarga, yaqinda Vaterloo universitetida o’zlari ishtirok etgan O’qituvchilar malakasini oshirish dasturi bo’yicha tajriba va taassurotlari haqida so’zlab berdilar.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

sixteen − six =