HAYDELBERG PEDAGOGIKA UNIVERSITETI PROFESSORLARI O’QUV JARAYONIGA JALB ETILDI

17.12.2022

Samarqand davlat chet tillar instituti xorijiy oliygohlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish borasida mintaqada yetakchi oliygoh bo‘lib kelmoqda desak, mubolag‘a emas. Negaki, bugungi kunga qadar institut 100 ga yaqin nufuzli xorijiy oliygohlar va ta’lim tashkilotlari bilan xalqaro hamkorlik aloqalarini davom ettirib kelmoqda. Germaniya oliy ta’lim muassasalari va ta’lim tashkilotlari ham shular jumlasidandir.

16-dekabr kuni Germaniyaning Haydelberg pedagogika universiteti professorlari Daniel Sherf, Hans Lösener va Astrid Geigenfeindlar Samarqand davlat chet tillar instituti talabalariga ma’ruza o’qishdi hamda seminarlar tashkil etildi.

Shuningdek, xorijlik professorlar bilan rasmiy uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda Erasmus+, DAAD tashkilotlari tanlovlariga hamkorlikda loyihalarni amalga oshirishga hamda professor-o’qituvchilar almashinuvini ko’paytirishga kelishildi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

fifteen − 14 =