HINDISTONNING BANASTHALI UNIVERSITETI VAKILI BILAN UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI

08.10.2024

Hindistonning Jaypur shahridagi Banasthali universiteti professori, xalqaro hamkorlik bo‘yicha mas’ul vakili doktor Manish Ranjan bilan O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti prorektori A.Nasirov hamda Roman-german tillari tarjimashunosligi kafedrasi o‘qituvchisi Ro‘ziboyeva Nazira bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv jarayonida OTMlar orasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Asosan xorijiy tillarni o‘qitish (fransuz, ingliz, nemis), jurnalistika va boshqa istiqbolli sohalarga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, Banasthali universiteti qoshida o‘zbek tilini targ‘ib qilishga qaratilgan markaz tashkil etish va talabalarga o‘zbek tilini o‘qitish taklifi bildirildi.

Bundan tashqari Roman-german tillari tarjimashunosligi kafedrasi o‘qituvchisi Ro‘ziboyeva Nazira va doktor Ranjan hammuallifligida to‘rt tilda yozilgan “Incredible India, Incredible Festivals” nomli kitobining taqdimoti tashrifning muhim voqealaridan biri bo‘ldi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

3 × three =