HSK 5 HITOYCHA – O’ZBEKCHA LUG’ATNING MOBIL ILOVASI YARATILDI

06.01.2022

TDSHUda “Xitoy filologiyasi” kafedrasi mudiri, PhD Nazarova Sayyora boshchiligida Android operatsion tizimida ishlovchi xitoycha-o‘zbekcha va o‘zbekcha – xitoycha elektron lug’at mobil ilovasini yaratish bo‘yicha loyiha ustida ish olib borildi, deb xabar beradi TDSHU Matbuot xizmati.

Mazkur lug’at HSK-xitoy tilini bilish bo‘yicha xalqaro imtihonning so‘z boyligi doirasida ishlatiladigan 2500 mingdan ortiq so‘zni o‘z ichiga olgan. Ushbu lug’atning o‘ziga xos xususiyati shunda-ki, unga yangi so‘zlar qo‘llangan misollar kiritilgan bo‘lib, shu bilan birga ularning grammatik xususiyatlari ham ko‘rsatilgan.

Lug’atning afzalligi uning bepulligi va ilgari qidiruvga berilgan so‘zlarni xotirada saqlash funksiyasiga egaligidadir.

Ma’lumot o‘rnida, joriy mobil ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va sharqshunoslik sohasida ilmiy salohiyatni oshirish chora-tadbirlari to‘g’risida”gi PQ-4680-sonli qarorida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida TDSHU tomonidan tasdiqlangan zamonaviy media-mahsulotlar va elektron o‘quv materiallarini ishlab chiqish rejasiga muvofiq amalga oshirildi.

Mobil ilovani havola orqali yuklash mumkin.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

один × 4 =