IBROHIM ABDURAHMONOV TOJIKISTON RESPUBLIKASI TA’LIM VA FAN VAZIRI RAHIM SAIDZODA BILAN RASMIY UCHRASHUV O‘TKAZDI

14.03.2023

Ayni kunlarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri I.Abdurahmonov boshchiligidagi delegatsiya Dushanbe shahrida bo‘lib turibdi. Bugun vazir Ibrohim Abdurahmonov Tojikiston Respublikasi Ta’lim va fan vaziri Rahim Saidzoda bilan rasmiy uchrashuv o‘tkazdi.

Unda tomonlar qo‘shma ilmiy tanlovlar loyihalarini o‘tkazish, talaba va yosh olimlarning akademik almashinuvini yo‘lga qo‘yish, yoshlar o‘rtasida startap loyihalarini amalga oshirish, raqamlashtirish sohasida ham hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, nanotexnologiya, geologiya, biotexnoliya, sun’iy intellekt va boshqa sohalarda chuqur tadqiqotlarni amalga oshirish masalalarini muhokama qilishdi.

Bundan tashqari, Toshkent shahrida ana’naviy o‘tkaziladigan INNOWEEK haftaligi doirasida Tojikistondagi ilmiy ishlanmalar, innovatsion texnologiyalarni namoyish etish shuningdek, talabalar o‘rtasida «TechnoWays» tanlovlarini o‘tkazish takliflari bildirildi.

Rahim Saidzoda ushbu tashrif ayni bahor faslining yangilanish ayyomi bo‘lgan Navro‘z arafasida bo‘lib o‘tayotganida ham ramziylik bor ekanini qayd etib, hamkorlik aloqalari yanada rivojlanishiga ishonch bildirdi.

https://edu.uz/

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

19 + 13 =