II SHARQ YOSHLARI FESTIVALI BO‘LIB O‘TDI

17.04.2019

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida II Sharq yoshlari festivali bo‘lib o‘tdi. Festivalda talaba yoshlar tomonidan o‘zbek, koreys, arab, eron, qozoq va turk xalqlari madaniyati, urf-odatlari, milliy qadriyatlari namoyish etildi.

Bu yilgi festivalda Nizomiy nomidagi TDPU talabalari qozoq millatining, Koreyaning Puchon universiteti Toshkent filiali talabalari esa koreys millatining madaniyatini tarannum etishdi. Ayniqsa, milliy taomlar ko‘rgazmasi va sahna ko‘rinishlari barchaga birdek manzur bo‘ldi.

ToshDO‘TAU Sharq tillari kafedrasi tashabbusi bilan ikkinchi bor o‘tkazilayotgan mazkur festival talabalarga til o‘rganish bilan birga o‘sha xalq madaniyati bilan ham tanishish lozimligini uqtiradi. Do‘stlik va bag‘rikenglik bayrami hisoblangan mazkur festival o‘zining mana shu jihatlari bilan ham ahamiyatlidir.

Bugungi kunda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida sharq tillaridan arab va fors tillari talabalarga o‘rgatib kelinmoqda. Joriy yilda esa ushbu OTMda Turk tili va madaniyati markazi hamda A.S.Pushkin nomidagi rus tili va madaniyati markazi ochilgan. Kelgusida ToshDO‘TAUda boshqa davlatlarning ham til va madaniyat markazlari tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Manba: www.edu.uz

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

5 × five =