BMT MODELI “II XALQARO O’zDJTU MUN” KONFERENSIYASI O’Z ISHINI BOSHLADI

05.03.2020

Joriy yilning 5-mart sanasida O’zbekiston davlat jahon tillari universitetida 3 kunlik “II xalqaro O’zDJTU MUN” konferensiyasi o’z ishini boshladi.

Konferensiyaning ochilish marosimida BMTning O’zbekistondagi vakili Helena Freyzer, O‘zDJTU prorektori A.Abidjanovlar so’zga chiqib, konferensiya ishini ochib berishdi.

Konferensiyaning bosh maqsadi Birlashgan Millatlar Tashkilotining rasmiy uchrashuvlari andozasida anjuman o‘tkazish, ularga BMTning asosiy maqsadi jahon siyosatida tinchlik, totuvlikni saqlashga, inson shaxsining qadr-qimmatiga, erkak va ayollarning teng huquqliligiga va katta-kichik millatlar huquqlarining tengligiga hamda ushbu tashkilot davlatlar hamjihatligini saqlashda asosiy manba ekanligini tushuntiradi. Konferensiya diplomatik sohadagi muammolar hamda ularga yechim izlashda birlashgan 200 nafar yoshlarni bir joyda jamlaydi.

Shu bilan birga, konferensiyaning bosh g‘oyasi asosida bola huquqlarini himoya qilish, ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni ham ruhan, ham jismonan qo‘llab-quvvatlash, bola qadriyatlari yuksak ekanligini isbotlash mazmuni yotadi. 3 kunlik konferensiya – BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1989-yil 20-noyabrda qabul qilingan Bola huquqlari to‘grisidagi Deklaratsiyaning „Insoniyat o‘zida mavjud bo‘lgan eng yaxshi narsalarning hammasini bolalarga berishga majbur“ shiorini o‘zida mujassam etadi. Yoshlarni xalqaro tashkilotlar qonunchilik jarayonlari bilan yaqindan tanishtirish orqali ularning huquqiy ongi va madaniyati darajasini yuksaltirish, ular orasidan iqtidorli va iste’dodli, yurt sha’nini xalqaro maydonlarda himoya qilishga bel bog‘lagan yoshlarni aniqlash, ularni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish hamda bugungi kunda davlatimizning rivojlanishida, jahonning rivojlangan davlatlari qatoriga kirishi yo‘lida qilinayotgan ishlarning ahamiyatliligi va bu yo‘lda yoshlarning roli qay darajada muhim ekanligini targ‘ib etgan holda, yoshlarni vatanimiz manfaatini ko‘zlab harakat qilishga undashdan iboratdir.

Anjumanning vazifalari:

  • global muammolarni muhokama qilishda butun dunyo yoshlarini birlashtirish;
  • yoshlarni ma’lum davlat vakili sifatida o‘z fikrini aniq va to‘gri ifodalay olishga o‘rgatish;
  • xalqaro maydonda mamlakatimiz obro‘sini ko‘tarishni rejalashtirgan iqtidorli va aqlli yoshlarni topish va qo‘llash;
  • yoshlarimizni mamlakat rivojiga hissa qo‘shishga ruhlantirish;
  • dunyoda qiynalayotgan bolalarning hayotini o‘zgartirishga kichik bo’lsa-da hissa qo‘shish;
  • bola huquqlarini himoya qilishni asosiy vazifa deb bilish.

Ma’lumot o’rnida, II xalqaro O’zDJTU MUN” konferensiyasi 3 kun davom etadi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

five × 5 =