IJTIMOIY LIDERLAR UCHUN STENFORD UNIVERSITETIDAN YOZGI STAJIROVKA

02.10.2020

Draper Hills Summer Fellowship on Democracy and Development Program — demokratiya va taraqqiyot sohasidagi stajirovka dasturi 2005-yilda yoʻlga qoʻyilgan. 3 hafta davom etadigan bu stajirovka dasturi Stenford universitetida — demokratiya, taraqqiyot va huquq ustuvorligi markazida oʻtaladi. Dasturda ishtirok etish uchun oʻz karyeralarini davom ettirayotgan va quyidagi sohalarda ishlayotgan 25–30 ta ishtirokchi tanlab olinadi: yurisprudensiya, siyosat, hukumat, xususiy tadbirkorlik, fuqarolik jamiyati, oʻtish iqtisodidagi davlatlarning xalqaro taraqqiyoti.

Muddat: 2021-yil 11-yanvar

Qayerda: AQSH, Kaliforniya, Stenford universiteti

Stajirovka davri: 2021-yil 18-iyuldan 6-avgustgacha

Ushbu dastur yetakchi nomzodlarga bir-birlari bilan tanishish, tajriba almashish, treninglarda ishtirok etish, bilimlarini oshirish va faoliyatlarini yaxshilash imkonini beradi.

Barcha ishtirokchilarga yashash, ovqatlanish, AQSH boʻylab harakatlanish harajatlari qoplanadi. Aviachipta xarid qilish imkoniyatiga ega boʻlmagan nomzodlar bu harajatni ham qoplaydigan koʻmak puliga daʼvo qilishlari mumkin.

Batafsil: https://stanford.io/34jLWsg

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

20 + 15 =