IJTIMOIY TARMOQLARDA KONTENTNI TARG‘IB QILISH BO‘YICHA BEPUL ONLAYN-TRENING

04.06.2021

Internews xalqaro nodavlat tashkiloti O‘zbekistondagi onlayn-OAV jurnalistlari va blogerlari uchun internet va ijtimoiy tarmoqlarda kontentni targ‘ib qilish bo‘yicha bepul onlayn o‘quvlarni tashkil qilmoqda.

Onlayn-trening davomida ko‘rib chiqiladigan va ishlab chiqiladigan mavzular:

  • Internet-marketingning asosiy tushunchalari bilan tanishish
  • Ijtimoiy tarmoqlarda saytlar va akkauntlarni targ‘ib qilish
  • Facebook, Instagram, Telegram, YouTube: sozlash, dizayn, targ‘ib qilish xususiyatlari
  • Kontent: yaratish usullari, kalit so‘zlar, heshteglar, izohlar bilan ishlash
  • Statistika: qamrov, qiziqtirish, ko‘rishlar
  • Jonli efirni tashkil etish. Nimalarni bilish muhim?

Shuningdek, ishtirokchilar treningda o‘z resurslarini/akkauntlarini targ‘ib qilish strategiyasini ishlab chiqadilar, kontent rejasini tuzadilar va reklama qanday ishlashini o‘rganadilar.

Onlayn-trening sanasi: 2021-yilning 22-iyunidan 5-iyuligacha.

O‘quv dasturi 5 ta vebinar uchun mo‘ljallangan. Har hafta Zoom platformasi orqali har biri ikki soat davom etadigan uchta vebinar bo‘lib o‘tadi (vebinarlar jadvali keyinroq e’lon qilinadi).

Trener — Svetlana Margolis, Svetlana Margolis studiyasining hammuassisi (Qirg‘iziston)

O‘qitish tili — rus / o‘zbek (sinxron tarjima).

Hujjatlar 16-iyun (Toshkent vaqti bilan) soat 23.00 gacha qabul qilinadi.

Batafsil ma’lumot va ariza topshirish uchun quyidagi havolaga kiring: https://newreporter.org/uz/2021/06/03/ozbekiston-onlajn-oav-zhurnalistlari-va-blogerlari-uchun-kontent-tashviqoti-asosij-darazha-onlajn-treningi/

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

thirteen − 2 =