«INDEPENDENT STUDY SKILLS» ELEKTRON DARSLIGI YARATILDI

15.02.2022

A.B. Musoyeva. Independent study skills.

Ushbu elektron darslik pedagogika ta’lim sohasining 5111400 – Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) hamda 60111800 – Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) ta’lim yo`nalishlarida tahsil oladigan talabalarga mo`ljallangan bo`lib, birinchi va ikkinchi kursda o`qitiladigan “Mustaqil ta’lim ko‘nikmalari” fanining mavzularini qamrab oladi.

“Mustaqil ta’lim ko’nikmalari” elektron darsligi ingliz tilini o’rganayotganlar uchun mo’ljallangan bo’lib, talabalarning amaliy ingliz tilidagi bilim va ko’nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan. Bu ingliz tilini o’rganish maqsadlarini belgilash, o’z-o’zini baholash, ingliz tilini o’rganish uchun Internetdan foydalanish va vaqtni samarali boshqarish ko’nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan. Elektron darslik tinglash, o’qish, yozish va gapirish ko`nikmalarini oshirish orqali ingliz tilini o’rganishga yordam beradi. Unda mavzularga oid so’zlar va lug’at mavjud. Elektron darslik vazifalarga asoslangan yondashuv yordamida ishlab chiqilgan bo’lib, unda amaliy mashg’ulotlarda til ko’nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan mashqlar to’plami mavjud. Har bir mavzuda Reading, Writing, Speaking, Listening, Vocabulary, Questionnaires, Self-study larga mo’ljallangan mashq va topshiriqlar mavjud. Shu bilan birga, undagi mashqlardan nafaqat mustaqil o’rganishda, balki amaliy mashg’ulotlarda talabalar bilan ham foydalansa bo`ladi. 

Shunday qilib, elektron darslik interaktiv bo’lib, talabalarni o’ylash uchun topshiriqlar va savollar orqali jalb qiladi, mulohaza yuritishga va o’z-o’zini baholashga yordam beradi. Qo’llanmada Umumevropa Tillarni O`qitish va O`rganish Dasturi (CEFR) va boshqa manbalarga havolalar mavjud.

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi huzuridagi intellektual mulk agentligi tomonidan mazkur yaratilgan elektron darslikka huquqini tasdiqlovchi № DGU 14387 raqamli guvohnoma berilgan bo’lib, u Oʻzbekiston Respublikasining “Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar va maʻlumotlar bazalarining huquqiy himoyasi toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dastur hisoblanadi.

1 Comment so far

Jump into a conversation
  1. Amir
    #1 Amir 14 Aprel, 2022, 10:40

    Ассаламу алейкум канака грантлар бор. Биливолсам майлими

    Reply this comment

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

three × four =