“INGLIZ TILI O‘QITUVCHILARINING UZLUKSIZ MALAKASINI OSHIRISH TAMOYILLARI MAVZUSIDAGI INTENSIV TRENING YAKUNIGA YETDI

13.01.2025

O’zbekiston davlat jahon tillari universitetida boshlangan “Ingliz tili o‘qituvchilarining uzluksiz malakasini oshirish tamoyillari” (Accelerating English Language Learning in Central Asia) mavzusidagi intensiv trening 11-yanvar kuni o‘z yakuniga yetdi.

Dastur davomida xorijiy mutaxassislar, shuningdek, O‘zbekistonning yetakchi o‘qituvchilari tomonidan malaka oshirish maqsadida tashkil etilgan trening ishtirokchilarga yangi pedagogik yondashuvlar, innovatsion metodikalar va tajribalari bilan bo‘lishdi. Treningda 160 nafar ingliz tili o‘qituvchisi faol qatnashib, o‘z bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashdi.

Loyiha, Britaniya Kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti hamda Toshkent davlat pedagogika universitetining hamkorligi bilan amalga oshirildi. Ushbu trening O‘zbekistonda ingliz tili o‘qituvchilarini tayyorlash tizimini takomillashtirish va xalqaro ta’lim standartlariga moslashtirishda muhim qadam bo‘ldi.

Shu bilan birga, loyiha 2024-2025 yillarda ingliz tili o‘qituvchilarining malakasini oshirish tizimini yanada samarali qilishga qaratilgan qator tashabbuslar bilan davom ettiriladi. Treningning muvaffaqiyatli yakunlanishi O‘zbekiston ta’lim tizimining yanada kuchayishiga hissa qo‘shadi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

5 × 2 =